Neymar Jahon chempionatiga borishi mumkin
Biz Neymarning eng yaxshi versiyasini ko‘rishni istaymiz.
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar haqida gapirdi.
"Men hozirda Neymarda bizga kerakli futbolchi ruhini ko‘ryapman. Agar u shu tempda davom etsa va albatta o‘z ustida ko‘proq ishlasa, terma jamoaga chaqiriladi. Takror aytaman, biz barchamiz Neymarning eng yaxshi versiyasini ko‘rishni istaymiz. Undagi yetakchilik qobiliyati mundialda bizga as qotadi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, shu yaqin kunlarda uning terma jamoaga qayta chaqirilmasligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi.