Shaxmatchimiz rapid yo‘nalishida jahon reytingida ko‘tarildi
Hamyurtimiz Javohir Sindorov Hindistonning Bangalor shahrida jamoalar o‘rtasida davom etayotgan “Tech Mahindra Global Chess League” turnirida fransiyalik Alirizo Firuzja ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng rapid reytingida dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi.
Ushbu turnirning ortda qolgan bahslaridagi umumiy sermahsul ishtirok Javohir Sindorovga jami +10.6 ochko olib keldi. Bu o‘z navbatida, uning jonli reytingi 2742.6 ballga ortishini ta’minladi.

Mazkur ko‘rsatkich holatida 4 pog‘onaga yuqorilagan 19 yoshli grossmeysterimiz Sindorov Magnus Karlsendan keyin 2-o‘rinni band etib turibdi.
Mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov ushbu ro‘yxatda 2704,4 ball bilan 13-pog‘onada qayd etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA