Sevil Yo‘ldosheva Madridda g‘alaba qozondi
Ispaniyaning Madrid shahrida tennis bo‘yicha W15 tasnifiga kiruvchi “Internacional Brezo Osuna – 2026” xalqaro turnirida mamlakatimiz sharafini Sevil Yo‘ldosheva yakkalik va juftlik bahslarida himoya qilmoqda.
Turnirning juftlik bellashuvlarida Sevil ruminiyalik Mariya Toma bilan duet hosil qilib, ilk bosqichda shveysariyalik Sofi Lyusher va braziliyalik Julia Pereyra De Aguarni 6:4, 6:0 hisobida taslim etdi va chorak finalda ispaniyalik tennischilar Judit Ernandes Miranda hamda Paola Ortega Redondo tandemiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Shuningdek, Sevil Yo‘ldosheva mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqaning yakkalik bahslari asosiy to‘ri birinchi davrasida bugun, 29-aprel kuni Sofi Lyusherga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA