Sergey Fomin Xitoyda chorak finalga yo‘l oldi
Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan M25 tasnifidagi turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etmoqda.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Sergey Fomin yakkaliklar o‘rtasidagi ilk bosqichda neytral tennischi Sergey Petrovni 6:3, 6:2 hisobida taslim etgan bo‘lsa, ikkinchi davrada italiyalik Aleksandr Binda bilan raqobatlashdi va 6:3, 5:7, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, Sergey Fomin juftlik bellashuvlarida qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin bilan tandem hosil qildi va ular birinchi davrada mezbon tennischilari Ksan Feng Chen va Aoran Vang duetini har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida yengdi. Endi Sergey va Grigoriy chorak finalda neytral tennischi Danil Ostapenko va AQSH vakili Mishel Ju juftligini sinovdan o‘tkazadi.
Afsuski, mazkur musobaqada ishtirok etgan Humoyun Sultonov va Maksim Shin kabi tennischilarimiz yakkalik bahslarining birinchi davrasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA