Sarvinoz Omontosheva Qirg‘izistonda “Debyutlar hamdo‘stligi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi
Ayni kunlarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati Qirg‘iz Respublikasi Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan MDH davlatlarining Ijodkorlar va ilmiy ziyolilar forumida ishtirok etmoqda.
MDH davlatlari o‘rtasida ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim va ijodiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ziyolilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish hamda xalqaro madaniy muloqotni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan forum doirasida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 35 yilligi” mavzusidagi yalpi majlis va ko‘rgazma, “Hamdo‘stlik madaniy poytaxtlari” davlatlararo dasturining taqdimoti, shuningdek, “Hamdo‘stlik yulduzlari” davlatlararo mukofoti hamda “Debyutlar hamdo‘stligi” xalqaro mukofotining taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda.



Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti "Muzey menejmenti va madaniy turizm" yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sarvinoz Omontoshevaning ilm va ijod yo‘lidagi sermahsul faoliyati yuqori baholanib, u “Debyutlar hamdo‘stligi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA