Ronaldo Nazario: "Braziliyada dunyoning 95 foiz jamoasiga qaraganda ko‘proq imkoniyatlar bor"
O‘ylaymanki, terma jamoada Jahon chempioni bo‘lish uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjud.
Braziliya milliy terma jamoasi va "Real Madrid" klublari sobiq hujumchisi Ronaldo Nazario Karlo Anchelotti boshchiligidagi (Selecao)dan Jahon chempionatida nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
"Bizning jamoada "Real" yetakchilaridan biri Vinisius, "Barselona" hujumchisi Rafinya, "Chelsi"da o‘ynayotgan yosh Estevao bor. Ularning barchasi ajoyib o‘yinlari bilan klublarida asosiy figuralardan biriga aylanishga ulgurgan. O‘ylaymanki, terma jamoada Jahon chempioni bo‘lish uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjud. Tarkib esa doimgidek yulduzli. Men Anchelottiga ishonaman - u tarixdagi eng buyuk murabbiylardan biri. Chempion bo‘lamizmi? Bu qiyin , ammo imkoniyat bor - va u aksariyat terma jamoalardan ancha yuqori. Braziliyada boshqa jamoalarning 95 foiziga qaraganda ko‘proq imkoniyat bor", - dedi Ronaldo.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya mundialning "C" guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.