Anchelotti Neymarni kuzatish uchun «Santos» o‘yiniga tashrif buyuradi
Braziliya terma jamoasi JCh-2026 arafasida Neymarni kuzatishda davom etmoqda.
Yulduz hujumchini mundialga taklif qilish masalasi hamon ochiq qolmoqda. Topskills Sports UK ma’lumotlariga ko‘ra, «pentakampeonlar» ustozi Karlo Anchelotti «Santos»ning bo‘lajak o‘yinlaridan biriga tashrif buyurishni rejalashtirgan — italiyalik mutaxassis 34 yoshli futbolchining tayyorgarlik holatini shaxsan baholamoqchi.
Braziliya terma jamoasining JCh-2026 guruh bosqichidagi raqiblari Marokash, Shotlandiya va Gaiti jamoalari bo‘ladi. Bahslar iyun oyida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Neymar milliy terma jamoadagi o‘zining hozircha so‘nggi o‘yinini 2023-yil oktyabr oyida o‘tkazgan edi.