Anchelotti Braziliya terma jamoasida «mobil aloqa taqiqi»ni joriy qildi
Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Bu italiyalik mutaxassis uchun yangi tajriba, zero u bungacha faqat klublar bilan ishlagan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u terma jamoa o‘yinchilarini mobil telefonlarga haddan tashqari ruju qo‘yishdan chalg‘ita olgan — bu shaxsiy muloqot va o‘zaro birdamlikni yaxshilash uchun muhim bo‘lib, maydonda ham o‘z natijasini berishi kerak.
«Mening o‘yinchilarim mobil telefonlardan kamroq foydalana boshladilar, buning evaziga ular bir-birlari bilan ko‘proq muloqot qilmoqdalar. Bu ular uchun yangilik», — deya mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11-iyun kuni start oladi.