“Raqamli hukumat” tizimi... (+video)
O‘zbekistonda byurokratik jarayonlarni kamaytirish maqsadida litsenziyalash va ruxsat berish tizimi qayta ko‘rib chiqilib, 72 ta faoliyat turi va 40 ta ruxsatnoma, ortiqcha ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilingan, 120 turdagi hujjatlar esa qisqartirilgan.
Shuningdek, davlat organlari o‘rtasida “Raqamli hukumat” tizimi orqali bir yilda o‘rtacha 2,2 milliondan ortiq hujjatlar almashilgan. Buning natijasida fuqarolarning 22,7 mlrd mablag‘i, 11 ming kilogramm qog‘oz mahsulotlarining tejalishiga sabab bo‘lgan.
Ushbu ma’lumotlar Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida berildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/np3Ea7czGJI" title="“Raqamli hukumat” tizimi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, A.Sodiqov, A.Ahmedov, O‘zA