Qaysi davlatlar demografik inqirozga duch kelmoqda? (+video)
Jahon demografiyasida jiddiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Dunyo mamlakatlarida tug‘ilish darajasi pasayishi va aholi qarishi tobora dolzarb muammoga aylanmoqda. Bu jarayon nafaqat aholi soni, balki iqtisodiyot, mehnat bozori va pensiya tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Suhbatimiz davomida dunyo bo‘ylab tug‘ilish darajasi pasayishiga olib kelayotgan asosiy omillar, eng og‘ir demografik vaziyatga duch kelayotgan mamlakatlar va ayni jarayonning iqtisodiy hamda ijtimoiy oqibati haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, demografik barqarorlik nimani anglatishi, aholi kamayishi va qarishi pensiya tizimiga qanday ta’sir qilishi, o‘zgarishlarga tayyor turish uchun qanday siyosat yuritish zarurligi mavzulari tahlil qilinadi.
Bundan tashqari O‘zbekistondagi demografik vaziyat, mamlakatimiz uchun mazkur yo‘nalishdagi mavjud xavf, shuningdek ehtimoliy muammolarning oldini olish va o‘zgarishlarga moslashish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani haqida ham ma’lumot beriladi.
Shunday muhim savollarga javob olish uchun ko‘rsatuvimizni “YouTube” orqali tomosha qiling.
Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (video),
O‘zA