Polina Kudermetovani bugun jiddiy sinov kutmoqda
Portugaliyada ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha WTA125 tasnifiga kiruvchi “Oeiras CETO Open” musobaqasi asosiy to‘rining birinchi bosqich uchrashuvlariga start berildi.
Unda hamyurtimiz Polina Kudermetova birinchi davrada shveysariyalik Selin Nayefga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda tennischimiz 5:7, 6:0, 6:2 hisobida zafar quchdi va bugun ikkinchi bosqichda ispaniyalik Giomar Maristani Suleta De Reales bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, Polina Kudermetova xalqaro musobaqaning juftlik bahslarida amerikalik Uitni Osuigve bilan tandem hosil qilgan holda chorak finalda portugaliyalik Matilda Xorxe va belgiyalik Sofiya Kostulasga dueti bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA