Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
2026-yil 29-aprelda qabul qilingan qonunga ko‘ra, mazkur idoraviy hujjat pay fondlarining reyestrini shakllantirish, yuritish, unga o‘zgartirish kiritish, shuningdek pay fondini reyestrdan chiqarish va undagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
“Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga ko‘ra, investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan ortiq shaxslarning (investorlarning) o‘zi ishonchli boshqaruvga bergan pul mablag‘lari yig‘indisi pay fondidir.
Pay fondi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan yagona reyestrga kiritilgan hamda Agentlikning veb-saytida e’lon qilingan paytdan tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Pay fondini yagona reyestrga kiritish uchun pay fondining ishonchli boshqaruvchisi ariza, pay fondini ishonchli boshqarish haqidagi shartnoma nusxasi va boshqa hujjatlarni Agentlikka taqdim etadi.
Ariza olinganidan keyin Agentlik 7 ish kuni ichida pay fondini reyestrga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Sherbek Islomov,
O‘zA