O‘zbekistonda “yashil tadbirkor” platformasi ishga tushiriladi
Munosabat
Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ишбилармонлик muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kichik va o‘rta biznesning xalqaro bozorlarga chiqishiga imkoniyatlarni kengaytirish, tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, mikro moliyalashtirishni rivojlantirish, innovatsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik biznes bilan kooperatsiyani rivojlantirishning yangi instrumentlarini amaliyotga joriy etish kabi muhim maqsadlar belgilangan.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi keng jamoatchilikka e’lon qilindi. Mazkur davlat dasturida 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini “yashil tadbirkor” sifatida e’tirof etishni nazarda tutuvchi platforma ishga tushirilishi belgilanmoqda.
Bunda tadbirkorlik sub’ektlariga “yashil tadbirkor” maqomini berish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu maqomni olish uchun tadbirkorlar – ko‘kalamzorlashtirish, jumladan, korxonani “yashil belbog‘” bilan o‘rash, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, tomchilatish, yomg‘irlatish va konteynerli (qopli) sug‘orish tizimini joriy qilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, energiya тежамкорлиgiда esa energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni joriy etish maqsad qilingan. Bundan tashqari, корхонанинг atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, xususan, ekologik huquqbuzarlik sodir etmaslik, atmosferaga tashlamalarni onlayn monitoring qilish tizimini joriy etishi, – ishlab chiqarishga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish “7R” tamoyilini tatbiq etishi kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, “ekofaol tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik sub’ektlari qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu toifadagi tadbirkorlarga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik berilishi, muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etilishi, xalqaro bozorlarga chiqish uchun qo‘llab-quvvatlanishi, tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi doirasida qo‘shimcha ballar berilishi nazarda tutilmoqda.
Umuman olganda, mazkur chora-tadbirlar amalga oshirilishi O‘zbekistonda “ekobiznes” muhiti yaratilishi hamda iqtisodiyotda “yashil iqtisodiyot” tamoyillari keng joriy etilishiga xizmat qiladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Iskandar O‘ROQBOEV,
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi bosh mutaxassisi.
O‘zA