Inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika: dolzarb masalalar muhokamada
Poytaxtimizda inklyuziv ta’lim hamda gospital pedagogika yo‘nalishlariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston pedagogika milliy universiteti hamda Estoniya Respublikasi delegatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish jarayonlari, mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish, menejerlik o‘quv kurslari uchun ishlab chiqilayotgan o‘quv reja va dasturlar yuzasidan fikr almashildi.
Muhokamalar jarayonida maktab direktorlari va o‘qituvchilar uchun inklyuziv ta’lim hamda gospital pedagogika sohasida zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalar almashinuvini davom ettirishga kelishildi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA