Kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi (+video)
Kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Kasbiy ta’lim agentligi tashabbusi bilan xalqaro donor tashkilotlar ishtirokida navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Xusanov, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, shuningdek, loyihalar rahbarlari va 30 dan ortiq xalqaro donor tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish va amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Jumladan:
- o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni xalqaro o‘quv dasturlariga jalb etish;
- xorijiy til mutaxassislarini texnikumlarga kengroq jalb qilish;
- tizimni modernizatsiya qilish;
- ta’lim sifati hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- dual ta’lim qamrovini kengaytirish;
- o‘quvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, jumladan stipendiya tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xalqaro donor tashkilotlar tomonidan 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etilib, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan dolzarb mavzulardan biri — 5-may Kasb bayrami tadbirini yuqori saviyada tashkil etish masalasi bo‘ldi. Ushbu bayramni samarali va keng qamrovli o‘tkazish yuzasidan turli takliflar ilgari surildi. Mazkur tadbirni tashkil etish shakli va dasturini aniqlashtirish maqsadida qo‘shimcha muhokama yig‘ilishi o‘tkazishga kelishib olindi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/I9OlzQuDXVk" title="Kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA