O‘zbekiston va Belgiya: savdo-iqtisodiy, turizm, ta’lim, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik faol rivojlanmoqda
“O‘zbekiston - Belgiya” va “Belgiya - O‘zbekiston” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlarining onlayn shaklda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi aloqalar so‘nggi yillarda izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni kengaytirish, hamkorlik bo‘yicha guruhlar va sohaviy qo‘mitalar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, muntazam muloqot va o‘zaro tashriflarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, turizm, ta’lim, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlik faol rivojlanayotgani ta’kidlandi.
O‘zaro tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlashda parlamentlarning o‘rni muhim ekani alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
N.Abduraimova,
O‘zA