Oliy sud: fuqarolik sudlarida majburiy to‘lovlarni undirish haqida 1,5 milliondan ziyod sud buyrug‘i chiqarildi
Sudlar tomonidan 2025 yilda qancha fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi?
Oliy sud axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, o‘tgan yilda sudlar tomonidan 10,8 trillion so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish haqida 1,5 milliondan ziyod sud buyrug‘i chiqarilgan.
649 ming 652 fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 506 mingdan ziyodi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan. 76 ming 138 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirish rad qilingan. 60 ming 373 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan. 7 mingtasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan.
Eng ko‘p fuqarolik nizolari Toshkent shahar, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Fuqarolik ishlardan 206 ming 399 bitim, 70 ming 535 tasi nikohdan ajratish, 26 ming 960 tasi uy-joy munosabatlari, 19 ming 914 tasi alohida toifadagi ishlar, 12 ming 982 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qilgan.
Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, 37 ming 544 ish bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan. 24 ming 244 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan. 6 ming 239 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 2,5 ming da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
3 ming 119 ishga tiklashga doir ko‘rib tamomlangan ishlarning 1 ming 356 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan. 1 ming 229 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan. 473 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 61 da’vo bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. 6 ming 452 xususiy ajrim chiqarilib, tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida 12 ming 956 ish ko‘rib chiqildi.
Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 2 ming 312 qaror bekor qilinib, 757 sud qarori o‘zgartirildi. Kassatsiya tartibida 8 ming 457 ish ko‘rib chiqildi.
Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 1 ming 668 qaror bekor qilinib, 708 sud qarori o‘zgartirildi. Taftish tartibida 5 ming 670 ish ko‘rib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 482 qaror bekor qilinib, 161 sud qarori o‘zgartirildi.
Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 363 ish ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 171 qaror bekor qilinib, 53 sud qarori o‘zgartirilgan.
N.Abduraimova,
O‘zA