Og‘ir atletika: Ayollar terma jamoasida yangi murabbiy ish boshladi (+video)
Mamlakatimiz og‘ir atletikachilari o‘tgan yili salmoqli natijalarga erishdi. Xususan, polvon qizlarimizning ko‘rsatkichlarida o‘ziga xos yuksalish kuzatilgani natijalarda o‘z aksini topdi.
Ortda qolgan sport sikli davomida dunyoning turli davlatlarida tashkil etilgan 8 ta nufuzli musobaqada umumiy hisobda qo‘lga kiritilgan 160 ta medallar shodasida og‘ir atletikachi xotin-qizlarning alohida o‘rni bo‘ldi.
O‘tgan yilgi natijalarni joriy yilda yanada yaxshilash hamda ayollar terma jamoasining salohiyatini yanada mustahkamlash, gender tenglikni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan ayollar terma jamoasida mahoratli murabbiy Kamila Abdullayeva ish boshladi.
Eslatib o‘tamiz, murabbiylar shtabida terma jamoa a’zolarining tayyorgarlik jarayonida ishtirok etishga kirishgan K.Abdullayeva 2025 yil “Eng yaxshi ayol murabbiy”, deya e’tirof etilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/W3OhRw2cpTc" title="Og‘ir atletika: Ayollar terma jamoasida yangi murabbiy ish boshladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>T.Ro‘ziyev, O‘zA