Nuroniylar yoshlar bilan 5000 qadam piyoda sayr qildi
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanining Bandixon mahallasida “Salomatlik uchun 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.
“Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etgan tadbirda keksa avlod vakillari va yoshlar faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qildi.

Tadbir ishtirokchilari erta tongdan shahdam odimlar bilan besh ming qadam piyoda yurib, tanasini uyg‘otdi. Moddalar almashinuvini faollashtirdi. Kun davomida yaxshi kayfiyatni saqlab, tetik yurishga zamin yaratdi.

Marafon qatnashchilari tuman sport maktabida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan ham shug‘ullandi.

Tumanda tongda piyoda sayr qilib, badantarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishni kundalik hayot tarziga aylantirishda keksa avlod vakillari yoshlarga ibrat bo‘lmoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri