Deku: "Neymarni Jahon chempionatida ko‘rishni istardim"
Shubhasiz, Neymar so‘nggi yillardagi Braziliyaning eng yaxshi futbolchisi sanaladi.
"Barselona" klubi sport direktori Deku Braziliya terma jamoasi sobiq yulduzi Neymar haqida gapirib o‘tdi.
"Neymar katta ehtimol bilan bo‘lajak mundialni o‘tkazib yuboradi. Ma’lum bo‘lishicha, Anchelotti uni Jahon chempionatiga olib ketishni rejalashtirmayapti. Shubhasiz, Neymar so‘nggi yillardagi Braziliyaning eng yaxshi futbolchisi sanaladi. U ajoyib yigit va ajoyib inson. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Neymarni jahon chempionatida ko‘rishni istardim. Nima bo‘lishi bashorat qila olmayman. Chunki uning kundalik hayotini kuzatib bormayman. Bir narsani ayta olaman-ki, u butun dunyo bo‘ylab juda ko‘p muxlislar orttirdi va ularda futbolga bo‘lgan muhabbatni oshirishni uddaladi", - dedi portugaliyalik sobiq futbolchi.
Ma’lumot uchun, Neymar 2013-2017-yillar oralig‘ida "Barselona" sharafini himoya qilgan.