Ma’rifat va bilim maskani
FOTOREPORTAJ
Buxoro azaldan ilm-fan, ma’rifat va madaniyat markazlaridan biri sifatida dunyoga tanilgan. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi ana shu ulug‘ an’analarni davom ettirib kelayotgan maskanlardan. Bir asrdan ortiq tarixga ega ushbu muassasa bugungi kunda nafaqat kitobxonlar, balki ilm izlovchi yoshlar, tadqiqotchilar va keng jamoatchilik uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy markaz vazifasini bajarib kelmoqda.
Bugungi kunda markazda 14 ta xizmat va sektor faoliyat yuritib, 60 nafar malakali xodim mehnat qilmoqda. Shuningdek, muassasa viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 12 ta axborot-kutubxona markazi uchun uslubiy markaz vazifasini bajaradi.
[gallery-29878]
Axborot-kutubxona markazi fondida 23 tilda chop etilgan qariyb 300 ming nusxadagi axborot-kutubxona resurslari mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich uni respublikadagi eng boy fondlarga ega kutubxonalardan biriga aylantirgan.
Markazda foydalanuvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida 300 o‘rinli 6 ta zamonaviy o‘quv zali tashkil etilgan, ular zarur texnik vositalar va internet tarmog‘i bilan ta’minlangan.
“O‘zbekiston” hamda “Madaniy-ma’rifiy va yoshlar” o‘quv zallarida tashkil etilgan ochiq fondlar kitobxonlarga o‘zlari qiziqqan adabiyotlarni mustaqil tanlash, yangi nashrlar bilan tanishish va buyurtma berish imkoniyatini yaratmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA