Maktabda zamonaviy sport zali barpo etildi
FOTOREPORTAJ
Bugun tadbirkor nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratib, iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shmoqda, balki o‘z tashabbusi va ezgu amallari bilan jamiyat hayotidagi muhim masalalarga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 51-umumta’lim maktabida mahalliy tadbirkor tashabbusi bilan barpo etilgan zamonaviy sport zali ana shunday tashabbuslarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
[gallery-31248]
1987-yilda qurilgan, 300 nafar o‘quvchi tahsil oladigan mazkur maktabda shu kunga qadar sport zali mavjud emas edi. Tadbirkor o‘z mablag‘i hisobidan 12x24 metr o‘lchamdagi sport zalini barpo etdi. Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard 700 million so‘mni tashkil etdi.
Yangi inshootda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, sport to‘garaklari va musobaqalar o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Inshootning ochilish marosimida tuman hokimligi, IIB vakillari, maktab jamoasi, mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi. Ramziy lenta qirqilib, sport zalining kaliti maktab jamoasiga tantanali ravishda topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA