Magametibragimova Munisa Ibroxim qizini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni
O‘zining yorqin iste’dodi va mahorati, izlanuvchanligi bilan mamlakatimizda kino san’atini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgani, xususan, “Tinchlik uchun rahmat”, “Skotch” kabi qisqa metrajli hamda “Shimoliy azon” nomli hujjatli filmlari orqali xalqimizning badiiy-estetik va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni aks ettiradigan badiiy obrazlarni yaratish, yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasida alohida faollik ko‘rsatib kelayotgani uchun Bolalar kontentini rivojlantirish markazi bosh mutaxassisi, kinorejissyor Magametibragimova Munisa Ibroxim qizi “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev