Mehnat huquqlari himoyasi – ustuvor vazifa
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ishdan asossiz bo‘shatilgan xodimlarni ishga tiklash hamda to‘lanmagan ish haqlarini undirishga oid sud hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2026-yilning o‘tgan davrida ishga tiklash bilan bog‘liq 25 nafar fuqaroga oid sud qarorlari Byuroning hududiy bo‘limlariga kelib tushgan bo‘lib, ularning 21 nafari o‘z ish joyiga tiklangan.
Shuningdek, ish haqi undiruvi bilan bog‘liq 1,8 milliard so‘mlik 50 ta ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari natijasida 1,4 milliard so‘mlik 39 ta ijro hujjati yuzasidan yakuniy qarorlar qabul qilinib, amalda 1,1 milliard so‘m ish haqi qarzdorligi undirilgan.
Fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash, sud hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri