OTM yoshlar yetakchilari forumi minglab yoshlarni birlashtirdi
Poytaxtimizda har yili an’anaviy shaklda tashkil etiladigan Oliy ta’lim yoshlar yetakchilari forumi bo‘lib o‘tdi. Forumning birinchi kunida ishtirokchilar Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida kutib olinib, Toshkent viloyatidagi Yoshlar oromgohiga yo‘l oldilar.
Ikki kun davom etgan dastur doirasida yoshlar yetakchilarining maqomi, vazifalari va mas’uliyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan “IELTS Marafon”, “Suvni birgalikda asraymiz”, “Yo‘lovchi” va “Kitob-top” loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.
Forum davomida yoshlar yetakchilarining shaxsiy brendini shakllantirish, nutq madaniyati, imidj, ishonch va ta’sirchan kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan trening va seminarlar ham bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Microsoft va Adobe xalqaro chempionatlarida ishtirok etish tartibi, musobaqa yo‘nalishlari hamda xalqaro darajadagi raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy trening hamda loyihalar taqdimoti tashkil etildi.
Aorum davomida tashkil etilgan yetakchilar bilan ochiq muloqotda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrullo Sattarov ishtirok etib, yoshlar bilan dildan suhbat qurdi. Unda yetakchilar tomonidan takliflar tinglandi hamda namunali faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich tashkilotlar yoshlar yetakchilarining ilg‘or tajribalari va samarali loyihalari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng amalga oshirilayotgan loyihalar - “Mutolaa”, “Ibrat farzandlari”, “Yo‘lovchi” va bir qancha loyihalar va undagi yangiliklar, imtiyozlar haqida taqdimot qilindi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, Oliy ta’lim yoshlar yetakchilari forumi yosh liderlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
G.Boboyeva,
O‘zA