Karlush Keyrush Gana terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi
2010-yilgi mundialda portugallar bilan musobaqaning chorak final bosqichiga qadar yetib borgan edi.
Eron milliy terma jamoasi sobiq ustozi Karlush Keyrush Gana terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga olmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 73 yoshli mutaxassis dushanba kuni Gana terma jamoasi rahbariyati bilan kelishuvga erishgan va yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga qora qit’a vakillarini bosh murabbiy sifatida olib boradi. Ushbu turnir Keyrush uchun 5-ishtirok bo‘ladi. U ilk bor 2010-yilda Portugaliya milliy terma jamoasi bilan Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan mundialda debyut qilgan edi. Shundan so‘ng, 2014-2018- va 2022-yillardagi Jahon chempionatlarida esa Eron terma jamoasi bilan ishtirok etgan. 2010-yilgi mundialda portugallar bilan musobaqaning chorak final bosqichiga qadar yetib borgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Gana mundialning "L" guruhida Angliya, Panama va Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.