Jamiyatning faol a’zosiga aylangan tikuvchi qiz (+video)
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Guliston tumanida yashovchi Xurshida Turdiyeva bolalikdan nogiron bo‘lgani bois, tikuvchilikni qunt bilan o‘rgangan. Boshqalar qatori katta jamoalarda ishlash uning orzusi edi. Lekin, ishlash tugul, qo‘l aravachasida biror yumush bilan ko‘chaga chiqishga qiynalardi.
[gallery-21605]
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan elektron yuritmali aravacha berilishi Xurshidaga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Qahramonimiz hozirda tuman markazidagi tikuvchilik korxonasida faoliyat yuritadi. O‘z mahorati va tirishqoqligi bilan qisqa fursatlarda mehnat jamoasida o‘z o‘rniga ham ega bo‘lib, hamkasblari hurmatini qozonib kelmoqda. Elektron yuritmali aravacha unga nafaqat jamiyatning teng huquqli, faol a’zosi bo‘lishida, balki o‘z hunari ortidan daromad topishida ham katta ko‘mak vazifasini o‘tamoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fEb3M87Cx1g" title="Jamiyatning faol aʼzosiga aylangan tikuvchi qiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shahriyor ORTIQBOEV(surat,video),O‘zA