Xavfsizlik qoidalari amalda sinovdan o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida 1–30-aprel kunlari e’lon qilingan “Fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari uchun o‘quv-amaliy tadbir tashkil etildi.
Unda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, tadbirning nazariy qismida tabiiy ofatlar va yong‘in holatlarida to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan tushunchalar berdi. Shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyish etildi hamda tarqatma materiallar taqdim qilindi.
Amaliy qismda esa yong‘in sodir bo‘lgan holatlarda uni bartaraf etish usullari amalda ko‘rsatib berildi. Qutqaruvchilarning maxsus texnik vositalari namoyish qilinib, ulardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
[gallery-28648]
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
Mazkur o‘quv-amaliy mashg‘ulot xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA