Jahon chempionatida Eron terma jamoasi o‘rniga Italiya qatnashishi mumkin(mi)?
Bu narsadan Italiyaning umid qilishi mantiqan to‘g‘ri emas.
"Football Italia" nashri Italiya terma jamoasining joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga Eron o‘rniga borish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
"FIFA Jahon chempionatida ishtirok etishdan o‘z ixtiyori bilan bosh tortgan har qanday terma jamoani almashtirishi mumkin, ammo Eron AQShga borishdan bosh tortgan taqdirda ham katta ehtimol bilan uning o‘rnini Osiyo qit’asining biror bir terma jamoasi egallaydi. Shunday ekan bu narsadan Italiyaning umid qilishi mantiqan to‘g‘ri emas", - deyilgan manbada.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi saralash bosqichining so‘nggi raundida Bosniya va Gersegovinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, mundial yo‘llanmasidan quruq qolgan edi.