Ikki xalq – bir tarix: O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarining yangi davri (+video)
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar Markaziy Osiyoda o‘ziga xos o‘rin egallagan. Bu ikki xalqni nafaqat sarhadlar, balki asrlar davomida shakllangan umumiy tarix, madaniyat va qadriyatlar bog‘lab turadi. Ayni omillar davlatlararo aloqalar uchun mustahkam poydevor yaratgan.
So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy ishonch sezilarli darajada mustahkamlandi. Ochiq muloqot, pragmatik siyosat va umumiy manfaatga asoslangan hamkorlik natijasida savdo-iqtisodiy, transport va energetika sohalarida yangi imkoniyatlar yuzaga chiqdi. Ayniqsa, chegaralar ochilib, aloqalar faollashuvi oddiy fuqarolar hayotida mislsiz ijobiy o‘zgarishlar yasadi.
O‘zbekiston – Tojikiston sherikligi mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotning muhim omillaridan biri ekanligiga shubha yo‘q. Zero, integratsiya jarayoni chuqurlashuvi, infratuzilma loyihalari ilgari surilishi, madaniy-gumanitar aloqalar ko‘lami kengayishi nafaqat ikki davlat, balki butun Markaziy Osiyo manfaatiga xizmat qilmoqda.
Mavzuni kengroq ochib berish maqsadida O‘zA muxbiri siyosatshunos Oybek Sirojov bilan suhbatlashdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/mXNzN7PYIcE?si=szefdXmAU0AdJQRF" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Doniyor Yoqubov (video),
O‘zA