Ijodkorlar shaxmat musobaqasida bellashdi (+video)
“Ishonch” gazetasining 35 yilligi munosabati bilan ijodkorlar va jurnalistlar o‘rtasida rapid yo‘nalishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Turnirda ishtirokchilar bir-biriga tanish bo‘lgan qalamkashlar. Kundalik tadbirlarda, anjumanlarda uchrashib turish boshqa-yu, shaxmat taxtasi ustida raqobat qilish boshqa. Taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar aql gimnastikasida qanchalik tayyorgarlik ko‘rganliklari, qanchalik tez va to‘g‘ri qaror qabul qilishlari yana bir bora sinovdan o‘tdi.
[gallery-28357]
Qiziqarli baxslar rapid yo‘nalishida 7 turdan iborat bo‘lib, har bir ishtirokchiga 3 daqiqa vaqt beriladi. Shunda vaqtdan unumli foydalangan ijodkor g‘olib bo‘ladi. Do‘stona va qizg‘in kechgan baxslarning yakuniy natijalariga ko‘ra iste’dodli jurnalist Tal’atbek Primov tezkor shaxmatda tengsiz ekanligini isbotlab, birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinni ustoz ijodkor Akbar Nurmatov band etdi.
Aytish kerakki musobaqa barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/G6x861vsjXs?si=fWTkjdoi0HVgr9jI" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev,
Farhod Abdurasulov (surat),O‘zA