Hindistonda yovvoyi fil 22 kishining hayotiga zomin bo‘ldi (+video)
Hindistonning Jarkhand shtatida yovvoyi fil tomonidan sodir etilgan qator hujumlar oqibatida so‘nggi 10 kun ichida kamida 22 nafar kishi halok bo‘ldi. Hozirda mahalliy hokimiyat ushbu xavfli hayvonni topish va uni zararsizlantirish uchun qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil yanvar oyi boshidan beri fil turli hududlarda odamlarga hujum qilgan. Qurbonlar orasida oddiy aholi va hatto hayvonni to‘xtatish uchun jalb etilgan mutaxassis ham bor. Rasmiylar halok bo‘lganlar oilalariga moddiy kompensatsiya ajratilganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda mahalliy aholining sarosimaga tushib, ushbu hayvondan qochishga uringani aks etgan.
Xabarlarga ko‘ra, hujumlarning asosiy qismi tungi vaqtda sodir bo‘lgan. Yovvoyi fil kichik qishloqlarga kirib, o‘rmon orqali harakatlangan. Rasmiylar Chaybasa tumani aholisiga kechasi uydan chiqmaslik va o‘rmonlarga yaqinlashmaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/m1QoT-gf_-A" title="Hindistonda yovvoyi fil 22 kishining hayotiga zomin bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>F.Yaxshiboyeva,
U.To‘xtayev, O‘zA