Guterrish: AQSH, Isroil va Eron mojaroga chek qo‘yishi kerak
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSH va Isroilni Eronga hujumlarini to‘xtatishga, Tehronni esa mojaroda ishtirok etmaydigan qo‘shni davlatlarga zarba bermaslikka chaqirdi.
– Qo‘shma Shtatlar va Isroilga mening xabarim shuki, ziddiyatni tugatish vaqti keldi, chunki odamlarning azob-uqubatlari kuchayib, aholi orasida qurbonlar ko‘paymoqda, - dedi u jurnalistlarga bergan intervyusida. – Eronga esa mening xabarim – nizoda ishtirok etmaydigan o‘lkalarga hujum qilishni to‘xtatishdir.
Guterrish shuningdek, mojaro tufayli Hurmuz bo‘g‘ozida tijorat yuk tashishlarining to‘xtatilishi global neft va o‘g‘it tashishga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz: AQSH va Isroil joriy yil 28-fevral kuni Erondagi nishonlarga zarba berishni boshladi. Bunga javoban Tehron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy inshootlariga zarbalar berishda davom etmoqda.
S.Rahimov, O‘zA