Bangladeshda avtobus daryoga tushib ketdi: qurbonlar bor
Bangladeshda yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus Padma daryosiga tushib ketishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, deb xabar tarqatdi “Daily Star” gazetasi.
Ta’kidlanishicha, fojia chorshanba kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Rasmiylar avtobus ichida 40 nafargacha yo‘lovchi bo‘lganligini taxmin qilmoqda.
Hozircha transportning daryoga tushib ketishiga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

S.Rahimov, O‘zA