Gandbol: O‘zbekiston chempionati bahslari boshlandi
Bugun, 22-fevral kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” o‘yin sport turlari majmuasida gandbol bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 1-davra o‘yinlari boshlandi.
Musobaqada yurtimizning eng kuchli 8 ta ayollar va 10 ta erkaklar jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Erkaklar o‘rtasidagi 1-davra o‘yinlarida jamoalar “A” va “B” guruhlarga taqsimlangan holda kurash olib bormoqda.
Xuddi shuningdek, ayollar jamoalari o‘rtasida ham 8 ta jamoa 2 ta guruhga taqsimlangan holda musobaqalarda qatnashmoqda.
Musobaqalar 28-fevralga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA