“Fabula” jamoasi tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi
FOTOREPORTAJ
Namanganda “Turon maktab teatri” tanlovining viloyat bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning maktab bosqichlarida 78 mingdan ziyod o‘quvchi ishtirok etib, ular orasidan saralangan 14 jamoaning 112 nafar iqtidorli yosh aktyori viloyat bosqichda o‘zaro bellashish imkonini qo‘lga kiritdi.
[gallery-28576]
Buyuk siymolar va adiblar asarlarida aks etgan qahramonlar obrazlari sahna orqali yuksak mahorat bilan gavdalantirildi. Har bir ijro tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, ishtirokchilarning sahna madaniyati, nutq ravonligi hamda aktyorlik mahorati yuqori baholandi.
Murosasiz va shiddatli kechgan viloyat bosqichi bahslarida Uchqo‘rg‘on tumanidagi 42 -umumta’lim maktabining “Fabula” jamoasi 1-o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA