Eron: Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuvdan hali uzoqmiz (+video)
AQSH Eron portlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmaguncha Eron rasmiylari Hurmuz bo‘g‘ozi yopiq bo‘lishini bildirmoqda, deyiladi Euronews xabarida.
Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozi yakshanba kuni ham yopiq holatda qoldi. Nashrning ma’lum qilishicha, Eron parlamentining nufuzli spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibof muzokaralarda ayrim siljishlar bo‘lsa-da, tinchlik kelishuviga hali uzoq ekanini aytgan.
Muzokaralar Pokistonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardan keyin davom etmoqda, biroq kutilgan natija yo‘q. Eron esa AQSH o‘z cheklovlarini bekor qilmaguncha bo‘g‘ozni to‘liq ochmasligini bildirmoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp muzokaralar “yaxshi ketayotganini” aytgan bo‘lsada, lekin Eronni bosim o‘tkazish va tahdid qilishda ayblagan.
Eronning bayonotiga ko‘ra, Hurmuz bo‘g‘ozi orqali dunyo neftining katta qismi o‘tadi, shuning uchun uni yopish yoki cheklash global bozorga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Eron tomoni, agar AQSH Eron portlariga qo‘ygan cheklovlarni bekor qilmasa, bo‘g‘ozda harakat to‘xtalishidan ogohlantirgan. Hatto, bo‘g‘ozdan ruxsatsiz o‘tishga urinish ham qoidabuzar kemalarning “nishon”ga aylanishiga sabab bo‘lishidan ogohlantirgan.
Shanba kuni ayrim neft va gaz tankerlari bo‘g‘ozdan o‘tgan, lekin keyin harakat keskin kamaygan. Ayrim xavfsizlik agentliklari kemalarga nisbatan otishmalar va tahdidlar bo‘lganini ham xabar qilgan.
Masalan, Hindiston tashqi ishlar vazirligi bu voqealar yuzasidan Eron elchisini chaqirib, norozilik bildirgan. Chunki, otishmalar yuz bergan hududda Hindiston bayrog‘i ostida harakatlanayotgan ikkita kema ham bo‘lgan.
<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/x640EbBBK7Q" title="Eron: Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuvdan hali uzoqmiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA