Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Xitoy. Pekindagi Chjungshan bog‘ida bahoriy lolalar ochildi.

Angola. Rim papasi Leo XIV Luanda aeroportiga yetib kelgan payt. Bu uning Jazoir, Kamerun, Angola va Ekvatorial Gvineyani qamrab olgan 11 kunlik Afrika safaridagi uchinchi bekati hisoblanadi.

Livan. “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi vaqtinchalik sulhdan so‘ng, mahalliy aholi vakillari shikastlangan ko‘prik bo‘ylab o‘z uylariga qaytishga harakat qilmoqda.

Hindiston. Varanasida kokos sotayotgan sotuvchi.

Xitoy. Gonkongdagi “Kai Tak” stadionida “Hong Kong Sevens” regbi turnirining ikkinchi kuni qizg‘in davom etmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA