Endi moliyaviy piramida tashkil etganlar 7-15 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi(+video)
Raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir davrda, ular bilan bog‘liq xavf-xatarlar ham keskin ortmoqda. Xususan, kiberjinoyatlar bugungi kunda nafaqat alohida shaxslar, balki butun jamiyat va iqtisodiyot barqarorligiga jiddiy tahdid solayotgan dolzarb muammoga aylangan. So‘nggi yillarda ushbu turdagi jinoyatlarning nafaqat soni, balki usullari ham murakkablashib, tobora xavfli tus olmoqda.
IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi — Maqsud Mirabdullayevning ta’kidlashicha, avval 18 tur bilan cheklangan kiberjinoyatlar bugunga kelib 62 turga yetgan. Eng xavotirli jihati shundaki, so‘nggi besh yil ichida ularning umumiy soni 68 barobar oshgan. Bu jinoyatlarning asosiy qismi, deyarli 98 foizini — bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik holatlari tashkil etmoqda.
Shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’iy intellekt yordamida inson ovozi va yuz qiyofasini soxtalashtirish, zararli fayllar orqali foydalanuvchilarni aldash kabi usullar keng tarqalib, oddiy fuqarolar uchun ham katta xavf tug‘dirmoqda.
Mazkur vaziyat esa davlat darajasida jiddiy e’tibor qaratishni talab etdi.
Shu bois O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan axborot texnologiyalari orqali sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi tubdan kuchaytirildi. Qarorga muvofiq, IIV kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi hamda DXX, Bosh prokuratura va Markaziy bank bilan yaqin hamkorlikda yangi qonunchilik asoslarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Ishlab chiqilgan qonun loyihasida bir qator muhim yo‘nalishlar nazarda tutilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cZIxkrwUPdY" title="O‘zbekistonda kiberjinoyatlar 68 barobar ko‘paydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, O‘zA