Chim ustida xokkey bo‘yicha mamlakat chempionati start oldi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” maydonlarida chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari boshlandi.
Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashmoqda. Ayollar o‘rtasida kechayotgan bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tmoqda. Har bir uchrashuvda jamoalar o‘z mahorati, tezkorligi va taktik tayyorgarligini namoyon etayotir.
[gallery-28523]
Qayd etish joiz, chim ustida xokkey sporti mamlakatimizda tobora ommalashib borayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday musobaqalar sportchilarning tajribasini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralab olish va milliy terma jamoa zaxirasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilning 6-apreliga qadar davom etadigan chempionat bahslarida jami 7 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA