Chavandozlarimiz “Mini Masters” bosqichida shohsupaga ko‘tarildi
Moskva viloyatidagi “Maxima Stables” ot sporti majmuasida 14–16-avgust kunlari ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Mini Masters” seriyasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etib, musobaqaning turli yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Musobaqaning 16-avgust kuni o‘tkazilgan yakuniy bosqichida Xurshidbek Alimjonov 135 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida “Champions League” laqabli ot bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, u “Chaloina” laqabli ot bilan 125 santimetrlik marshrutda ikkinchi, “Lavin” bilan esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Yana bir vakilimiz Mariya Duenko “California” laqabli ot bilan 105 santimetr balandlikdagi dasturda barcha raqiblaridan ustun kelib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston vakillari musobaqaning mazkur bosqichini bir oltin, ikki kumush va bir bronza medal bilan yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA