Bugun tug‘ilgan kun – Sodiq Safoyev
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 1954 yil 3 fevralda Toshkentda tug‘ilgan.
Sodiq Safoyev 1976 yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu muassasada o‘qituvchilikdan mehnat faoliyatini boshlagan.
U faoliyati davomida qator idora va vazirliklarda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘limida yetakchi konsultant, bo‘lim mudiri, Tashqi ishlar vaziri, bir qator xorijiy davlatlarda mamlakatimizning Favqulodda va muxtor elchisi, Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2015 yildan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari sanaladi.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
O‘zA