Bokschilarimizning navbatdagi muvaffaqiyatlari
Rossiyaning Xabarovsk shahrida K.Korotkov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazildi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etib, 2 ta oltin, 3 kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqaning -50 kg. vazn toifasida Amirbek Ismoilov va vazni +90 kg. bo‘gan Ozodbek Aliyev barcha raqiblarini yengib, musobaqa chempioniga aylangan bo‘lsa, Sayfiddin Sobirov, Sanjarbek Vahobov hamda Abdulaziz Abdulhamidov finalga qadar o‘tgan janglarni muvaffaqiyatli yakunlagan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Mirkomil Saitoxunov, Ruslan Esanov va Ruslan Sharipboyev kabi iste’dodli charm qo‘lqop ustalarimiz bronza medaliga ega chiqda. Darvoqe, ushbu musobaqada Akmal Boborahimov hakam sifatida faoliyat olib bordi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA