Boks: Jahon chempionlari revansh jangini o‘tkazadi
Bir yarim yil oldin shov-shuv keltirib chiqargan o‘zbek va rus bokschilari o‘rtasidagi to‘qnashuvning revansh jangi tashkil etiladi.
Bu haqda xabar bergan Rossiya boks federatsiyasi Miraziz Mirzaxalilov - Vsevolod Shumkov o‘rtasidagi ushbu jang joriy yilning 4-may kuni Sankt-Peterburg shahridagi "KSK Arena" majmuasida o‘tadigan IBA.Pro Chempionlar oqshomining asosiy bahsida ruy berishini tasdiqladi.
Aytish lozim, havaskor boks bo‘yicha 2019-yil Yekaterinburgda tashkil etilgan jahon chempionatida g‘oliblikka erishgan hamyurtimiz Miraziz Mirzaxalilov va 2025-yil Dubayda o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan rossiyalik Vsevolod Shumkov o‘rtasidagi birinchi jang 2024-yil sentabr oyida Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan edi.
O‘shanda hakamlarning bahsli qarorlari evaziga Rossiya vakili Mirzaxalilovdan ustun kelgan.
Yana bir qiziq fakt. Havaskor boksda 66 ta jangda ringga ko‘tarilib, 56 tasida g‘alabaga erishgan Vsevolod Shumkov 2018-yil Vengriya poytaxti Budapeshtda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati finalida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalakovdan 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA