Bokschilarimiz Tailandda muvaffaqiyatli start oldi
Tailandning Bangkok shahri yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada 77 ta davlatdan 454 nafar bokschi ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, “Futures Cup” мусобақасида yosh charm qo‘lqop ustalarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirokini boshladi. Jumladan -54 kg. vaznda Sabrina Chakomanova va xitoylik Vang Yaorunyu ishtirokidagi bahs qizg‘in o‘tdi. Yakunda vakilamiz raqibasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shuningdek, Abdug‘ani Yorqinjonov -50 kg. vaznda armanistonlik Kirakosyan Tigrandan 5:0 hisobida ustun keldi.
Musobaqaning kechki dasturida quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tariladi:
-60 kg: Bobomurod Boymirzayev - Ordonez Jefet (Gonkong)
-70 kg: Saidxo‘ja Sadillaxo‘jayev - Kolliyer Noa (Yangi Zelandiya)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA