Behbudiy ijodi o‘quvchilar nigohida
Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlab joylarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 23-maktabda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nishon tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Behbudiyning hayoti, ijodiy merosi haqida to‘xtalib o‘tildi.




Tadbir davomida yoshlar adibning mashhur asari “Padarkush” dramasidan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. Ularning chiqishi Behbudiyning zamonaviy fikrlarini, millat taqdiriga bag‘ishlangan dardini va islohotchilik g‘oyalarini sahnada qayta jonlantirdi. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan obrazli qilib o‘qilgan Iqbol Mirzoning “Jadidlar” she’ri barchada iliq taassurot qoldirdi.
Shu kuni tumandagi “Al Beruniy Ziyo” xususiy maktabida ham xuddi shu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri