Sergey Fomin chorak finalga chiqdi
Xitoyning Vunin shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida “Challenger” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda ikki hamyurtimiz Sergey Fomin va Humoyun Sultonov ishtirok etmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 63 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin ikkinchi bosqichda avstraliyalik Moerani Buzige ustidan 1:6, 7:6, 6:4 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, chorak finalga yo‘l olgan tennischimiz yarim final ostonasida Janubiy Koreya vakili Sanxuy Shin bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Afsuski, Humoyun Sultonov ikkinchi davrada xitoylik Fatszin Sunga qarshi o‘tgan o‘yinda 6:4, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan holda musobaqa bilan xayrlashdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA