Argentina terma jamoasi yulduzi uzoq muddatga safdan chiqdi
Futbolchi Jahon chempionati startiga qadar safga qaytishi va aktual formasini tiklab olishi kutilmoqda.
Argentina terma jamoasi va Milanning "Inter" klubi forvardi Lautaro Martines jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan "Roma"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, uning jarohati biroz jiddiy bo‘lib chiqdi. Shu sababdan Martines 5-6 hafta mobaynida jamoasiga yordam bera olmaydi. Futbolchi Jahon chempionati startiga qadar safga qaytishi va aktual formasini tiklab olishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Martines joriy mavsumda "neradzurrilar" safida umumiy 36ta uchrashuvda maydonga tushib, 20ta gol va 4ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.