Andreas Baumgartner: Investitsiya jalb qilishda ishonch, shaffoflik va barqarorlik hal qiluvchi ahamiyatga ega (+video)
Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yig‘ilishi doirasidagi tadbirlarda investorlar, tahlil markazlari va moliya institutlari vakillari ishtirok etmoqda. Nufuzli xalqaro anjuman qatnashchilari dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashmoqda.
Londondagi “Metis” instituti hammuassisi, iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ekspert doktor Andreas Baumgartner O‘zA muxbiriga intervyu berdi:
– O‘zbekistonga avval bir necha bor sayyoh sifatida kelganman. Bu gal biznes delegatsiyasi tarkibidan o‘rin oldim. Bu mamlakatda har qanday missiyakishiga cheksiz zavq beradi.
Bugun men ishtirok etgan yig‘ilish juda qiziqarli kechdi. Ayniqsa, investitsiya muhiti, o‘zaro ishonchni mustahkamlash mavzulari bo‘yicha muhokamalar e’tiborimni tortdi. Muloqot davomida “ishonch”, “shaffoflik” kabi tushunchalar ko‘p tilga olindi.
Aslida, sarmoya jalb qilish asosida aynan shu omillar yotadi. Qaysi shaklda bo‘lishidan qat’i nazar, moliyaviy markaz, maxsus iqtisodiy zona yoki butun boshli mamlakat – investorlar uchun eng muhimi ishonchli va barqaror muhit yaratish. Shu jihatdan qaraganda, asosiy xulosa ham ochiqlikni taqozo etadi.
Bunday tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etishda eng muhim jihat – sifatdan voz kechmaslik. Ba’zan yaxshi g‘oya vaqt o‘tishi bilan soddalashib, asl mazmunini yo‘qotadi. Qisqa muddatli yengil yechim esa kelgusida ortiqcha xarajat keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois barqaror va puxta yondashuv muhim ahamiyatga ega.
Umuman, Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotganimdan mamnunman. Juda ko‘p ishtirokchilarda ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, yangilikka intilish kuchli.
O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni ko‘rish uchun atrofga nazar tashlashning o‘zi kifoya. Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlardagi yangiliklar, umumiy rivojlanish sur’ati va eng muhimi, odamlardagi ishonch yaqqol seziladi. Bunday muhitda ishlash yoqimli. Prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar yo‘nalishi to‘g‘ri tanlangan, deb hisoblayman. Eng muhimi tanlangan yo‘ldan og‘ishmaslik.
Yurtingiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun barcha imkoniyatlarga ega va bu jarayonda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishi shubhasiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pzeAxJ1sHeo" title="Andreas Baumgartner: Investitsiya jalb qilishda ishonch, shaffoflik va barqarorlik ahamiyatga ega" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Dilshod Hakimov,
Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA