2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo‘lishdi
Samarqand shahrida yashovchi, 1993 y.t. shaxs Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 y.t. fuqaro bilan til biriktirib, uning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini xaridorga 490 ming AQSH dollarigasotishini va mansabdor tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 50 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXX, IJQKD va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 y.t. shaxs 50 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur ikki fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Unutmang, yer uchastkalarini ajratish va sotish faqatgina “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali shaffof va qonuniy tarzda amalga oshiriladi.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.